8208.04 USD +26.96

9490.14 EUR +63.08

123.85 RUB +1.12

10796.9 GBP +61.65

08:40 / 12.12.2016 14807

«UZDIGITALTV» - Raqamli televideniye xizmatlarini ko'rsatayotgan yetakchi provayderlardan biri o'z qamrov hududini kengaytirmoqda

2016 yil dekabr oyidan Farg'ona vodiysi bo'ylab raqamli teleeshittirish tarmog'i DVB-T2 standartida milliy va xorijiy telekanallar sinov tariqasida efirga uzatila boshladi. 2017 yil yanvar oyining boshiga qadar Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida raqamli telekanallar bepul yefirga uzatiladi.

Raqamli televideniye xizmatlaridan foydalanish uchun teletomoshabinlar DVB-T2 standartida ishlaydigan qurilma (tyuner)ga yoki DVB-T2 standartida ishlaydigan zamonaviy televizorga ega bo'lishlari kerak. 

Tasvirning yuqori tiniqligi va ovozning sifati hamda ko'plab innovatsion va interaktiv xizmatlarning mavjudligi DVB-T2 standartining asosiy afzalligidir. Hozirgi kunda O'zbekiston bozori «UZDIGITALTV» raqamli televideniyening xizmat ko'rsatish hududini kengaytirishiga qulay sharoit yaratmoqda. 

Bugungi kunda O'zbekiston bozorida iste`molchilar uchun hamyonbop bo'lgan DVB-T2 standartida ishlaydigan zamonaviy televizorlarning ko'plab turlari mavjud.

«O'zbekiston Respublikasida yer usti raqamli televideniyesini rivojlantirish» loyihasining yakuniga ko'ra, O'zbekistonning barcha aholisi, shuningdek, uzoq va chekka hududida istiqomat qiluvchilar ham sifatli raqamli televideniye xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

«UZDIGITALTV» - imkoniyatlarini rivojlantirayotgan zamonaviy kompaniya! 

Reklama huquqi asosida.
 

Top