“O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashni yanada kuchaytirish maqsadida Ishonch telefonlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgandi. Shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalangan holda kompaniya rasmiy saytida “Onlayn qabul”, “Fuqarolar murojaati”, “Savol-javob” kabi ruknlar tashkil etildi. Bu haqda "O‘zpaxtasanoateksport" xolding kompaniyasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ishlar samaradorligi yanada oshirish maqsadida xolding kompaniya boshqaruvi raisi A.Kamalovning virtual qabulxonasi ochildi. Endi fermerlar, tadbirkorlar va tizimida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar joylardagi sohaga oid masalalar yuzasidan savollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompaniya raisining www.rais.uzpse.uz portaliga yo‘llashlari mumkin.