08:34 / 12.12.2016
6204

Jahon xom-ashyo birjalaridagi neft narxi 2015 yil iyulidagi raqamdan ko‘tarildi

Foto: rosneft.ru

Jahon qora oltin bozorida Brent navli neft narxi 2015 yil 21 iyulidan beri ilk marotaba barreliga 57 dollardan oshdi. OPeK va uyushmaga kirmaydigan davlatlar o‘rtasida neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuvning imzolanishi neft qimmatlashuviga sabab bo‘lgan. 

Shu bilan birga, WTI navli neft ham qimmatlashib, bir barreli 54 dollardan oshgan. 

Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novakning ma'lum qilishicha, Venada imzolangan kelishuvga ko‘ra, Rossiya tomonidan neft qazib olishni qisqartirishning yakuniy chegarasi kuniga 10,947 mln barreldir. 

 

Mavzuga oid
Top