18:49 / 13.12.2016
5993
Yaponiya Ukraina armiyasiga 1,85 milliard dollar yordam puli ajratdi

Yaponiya Ukraina Qurolli kuchlariga 1,85 milliard dollar miqdoridagi yordam pulini ajratdi. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi matbuot xizmati mahkama rahbari Stepan Poltorakning Yaponiyaning ushbu davlatdagi favqulodda va muxtor elchisi Sigeki Sumi bilan uchrashuvidan so‘ng xabar bergan.

"Yaponiyaning 1,85 milliard dollarlik yordami boshqa davlatlar uchun yaxshi ko‘rsatkich sanaladi", - deyiladi xabarda.

Mudofaa vazirligida ta'kidlanishicha, Ukraina harbiy gospitallari Yaponiyadan qiymati 2,5 million dollar bo‘lgan yangi tibbiy uskunalarni olgan.

Poltorak uchrashuv davomida Ukrainada 2016 yilga mo‘ljallangan harbiy islohotlar rejasi 100 foizga bajarilganini aytib o‘tdi.

Yaponiya elchisi esa Ukraina mudofaa mahkamasi bilan hamkorlikka tayyor ekanligini ma'lum qilgan. U kuchli va jangovar armiyani qurishda yordam berishni maqsad qilgan.

Top