18:25 / 13.12.2016
8148

“Ferrari” yangi superkar taqdim etdi

Ferrari kompaniyasi Yaponiyada 50 yildan beri bo‘lishi sharafiga J50 ochiq superkarini yaratdi. Atigi o‘n nusxadan iborat bo‘lgan yangilik 690-kuchlik dvigatel va o‘tgan yillardagi bir necha modellarning o‘ziga xos jihatlarini qamrab olgan.

Superkar ustida Special Projects bo‘linmasi va “Ferrari”ning Maranellodagi dizayn-markazi mutaxassislari ish olib bordi. Superkarga 488 Spider modeli asos qilib qolindi, biroq J50 yangi kuzov bilan farqlanib turadi.

Kompaniyada ta'kidlanishicha, yangilik “Ferrari’ning 1970 va 1980 yillardagi sevimli modellarini eslatib turadi”. 

J50 karbonli aerodinamik aylana elementlari, 20-dyuymli bolg‘alangan disklar, butunlay nur diodli optikaga ham ega.

Superkarning ochiluvchi tomi ham karbondan tayyorlangan bo‘lib, ikki qismdan iborat. Yangilik - 3,9-litrli tvin-turbo V8 dvigateliga ega. 

Superkar qaysi bozorlarda taqdim etilishi va uning taxminiy qiymati oshkor etilmagan.


 

Top