09:07 / 13.12.2016
7467

Financial Times yil odamini e'lon qildi

Xalqaro ishbilarmonlar gazetasi Financial Times AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampni yil odami deb e'lon qildi. Bu haqda nashr saytida xabar qilinmoqda. 

Bunday tanlovga izoh berilgan maqolada yozilishicha, Donald Tramp «AQShning siyosat yuritish qoidasini o‘zgartirishning uddasidan chiqqan».

«Trampning g‘alaba sari yo‘lida eng samarali tomoni shundan iborat bo‘ldiki, uning tarafdorlari Trampni jiddiy qabul qilgan bo‘lsa, OAV aksincha yo‘l tutib, xato qildi. Endilikda, u g‘alaba qozongach, har kim o‘z bilganini qilmoqda», — deb yozmoqda gazeta.

Bundan avvalroq, Time siyosiy jurnali ham Trampni yil odami deb e'lon qilgan edi.

Financial Times o‘tgan yili GFR kansleri Angela Merkel yil odami deb topgan edi. 

 

Mavzuga oid
Top