10:27 / 13.12.2016
13344

Golovkin Ginness rekordlar kitobiga kirdi

Qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin nokautlari soni bo‘yicha Ginness rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda GGG jamoasi vakili Janar Uteshev ma'lum qilgan.

"Mana ular, qadrdonlar. WBC tomonidan 2ta maxsus mukofot va Ginness Rekordlar kitobidan sertifikat. Ular bilan cheksiz faxrlanaman!", - deya yozgan Uteshev o‘z instagramida.

Eslatib o‘tamiz, Golovkin 36 jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Bu janglarning 33tasida nokaut qayd etilgan.

Gennadiy Golovkinning britaniyalik Kelli Brukka qarshi jangi Butunjahon bokschilar kengashi (WBC) tomonidan "Yil voqeasi" deb topilgan.

Gennadiy Golovkin - 2003 yilda havaskorlar boksida jahon chempioni bo‘lgan, 2004 yilgi Olimpiada o‘yinlarida kumush medal olgan. U hozirda WBA (Super), IBF, IBO va WBC versiyalarining o‘rta vazn toifasidagi jahon chempioni hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top