15:50 / 13.12.2016
4885

Google haydovchisiz avtomobil ishlab chiqarish loyihasini to‘xtatdi

Amerikaning Google korporatsiyasi rul va pedalsiz, to‘liq avtonom avtomobil ishlab chiqarish rejalaridan voz kechdi. Kompaniyada buning o‘rniga boshqa avto ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilish va 2017 yilning oxiriga borib, mashinalardan birgalikda foydalanish bo‘yicha avtonom servisni ishga tushirish rejalashtirilmoqda. The Information nashri shu haqida ma'lum qildi. 

Google bu borada 2016 yilning may oyida Fiat Chrysler Automobiles bilan shartnoma imzolashga ulgurgan. Shuningdek Mantin-Vyudagi kompaniya yuzlab Pacifica gibrid minvenlarini qurishni rejalashtirmoqda. 

Bu Google modeli va Lexus krossoveridan keyin avtonom avtomobil yaratish borasidagi uchinchi urinishdir. The Verge bergan ma'lumotlarga ko‘ra, yaqin kunlarda Ford ham ana shunday hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi mumkin. 

Miniven Chrysler Pacifica

An'anaviy avto ishlab chiqaruvchilar kooperatsiyasi bilan yangi jamoa ishlaydi: "haydovchisiz loyiha"ning sobiq rahbari Kris Urmson 2016 yilning avgustida Google'ni tark etdi. Shundan keyin u Uber, Tesla va Apple muhandislari taklif etilgan shaxsiy avtoloyihasini yo‘lga qo‘yishi haqida e'lon qildi. 

Google haydovchisiz avtomobil ishlab chiqarishni ko‘zda tutuvchi loyihani to‘xtatishga qaror qildi. Manbaga ko‘ra, bunday qaror ortida Alphabet bosh direktori Larri Peyj va kompaniya moliyaviy direktori Rut Porat turibdi. 

Larri Peyj va Sergey Brin

Sobiq Google X xodimlarining nuqtai nazarini qo‘llab-quvvatlovchi Google asoschisi Sergey Brin esa bunday fikrda emas. Ularning fikricha, texnologik gigant o‘z avtomobilini boshqa ishlab chiqaruvchilar yordamisiz, mustaqil yaratishga qodir. 

Avtonom boshqaruvli avtomobil so‘nggi yillarda Google voz kechgan uchinchi yirik loyiha bo‘ldi. 

Top