12:17 / 13.12.2016
39819
Ikki senator va bir deputatning vakolati muddatidan ilgari tugatildi

2016 yil 12 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisida 2 senator va bir deputat vakolati muddatidan oldin tugatildi.

«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a'zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi N.Kaimovning xalq deputatlari To‘raqo‘rg‘on tumani Kengashi deputati vakolati tugatilganligi hamda A.Butayevning xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati vakolati tugatilganligi munosabati bilan ularning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zosi vakolati muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida qarorlar qabul qildi», deyilgan xabarda.

Shuningdek, majlisda 104-Quvasoy saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati M.Ubaydullayev Marg‘ilon shahar hokimi etib tayinlanganligi munosabati bilan uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida ham qaror qabul qilingan.

«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunning 61-moddasiga muvofiq, bo‘shab qolgan o‘rinlarga senatorlarning saylovi hududiy davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida o‘tkaziladi.

Top