19:36 / 13.12.2016
6817

«Lokomotiv»ning OChLdagi raqiblari ma'lum bo‘ldi

Foto: OFK

Osiyo Chempionlar Ligasining 2017 yilgi mavsumi uchun qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning guruh bosqichiga O‘zbekistondan faqatgina mamlakat chempioni «Lokomotiv» to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l olgan. Oliy Ligada ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritgan «Nasaf» va «Bunyodkor» pley-off bosqichida ishtirok etadi.

«Lokomotiv» «A» guruhida ishtirok etadi. Bu guruhda toshkentliklar jamoasiga BAAning «Al-Ahli», Saudiya Arabistonining «At-Tavun» klublari raqib bo‘lishi aniq. Guruhdagi to‘rtinchi jamoa nomiga pley-off bosqichidan keyin oydinlik kiritiladi. Bu o‘rin uchun Eronning «Istiqlol» va Qatarning «As-Sadd» klublari kurash olib boradi.

Ma'lumot uchun, so‘nggi ikki mavsumda OChLda ishtirok etgan «Lokomotiv»  ikkinchi urinishda chorak finalga qadar yetib borgandi.

Top