00:32 / 13.12.2016
7539

Serbiyaning NATOga a'zo bo‘lish niyati yo‘qligi ma'lum qilindi

Serbiya TIV rahbari Ivitsa Dachich rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashuv vaqtida Serbiya NATOga kirishni o‘ylamayotganini gapirib o‘tdi. 
“Biz Rossiyaga qarshi qaratilgan sanksiyalarni qabul qilmaymiz, NATOga a'zo bo‘lmaymiz”, - dedi u.

Vazirning ma'lum qilishicha, Rossiya hech qachon Serbiyaga bosim o‘tkazmagan.

“Gazetalarimizda Lavrov Serbiyaga bosim o‘tkazish uchun emas, yordam ko‘rsatish uchun tashrif buyurishi haqida juda ko‘plab yozildi”, - deb qo‘shimcha qildi u.

 

Mavzuga oid
Top