07:57 / 14.12.2016
8982

Amazon rahbari bir yil ichida 7 mlrd dollarga boyidi

Foto: Getty Images

2016 yil Amazon onlayn-riteyleri rahbari Jyeff Bezos uchun omadli kechdi. U "Startrek: Cheksizlik" filmida o‘zgasayyoralik rolini ijro etdi. Biroq asosiysi, uning boyligi 7 mlrd dollarga ko‘paydi. 

Biroq 2015 yilda dunyoning eng badavlat odamlari ro‘yxatining eng yuqori qismidan joy olgan Bezos hanuzgacha Bill Geyts, Uorren Baffett va Amansio Ortegadan so‘ng 4-o‘rinni egallamoqda. Sayyoramizning eng boy odamlari AQShdagi saylovlar va bozordagi narx tebranishlari ortida 35 mlrd dollar ishlab olishdi.

Bezosga bunday qiymatdagi boylikni u tomondan asos solingan Amazon kompaniyasining 17 foizlik aksiyalar paketi keltirdi, kompaniya aksiyalari deyarli 14 foizga oshdi. Tadbirkorga shuningdek The Washington Post nashri, Blue Origin koinot kompaniyasi hamda Business Insider internet-nashrining 3 foiz aksiyasi tegishli. 

 

Mavzuga oid
Top