18:21 / 14.12.2016
8123

Yangi davr boshlanmoqda: Bugun ilk bor hakam FIFA turnirida videotakrordan foydalandi

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining birinchi yarim finalida «Atletiko Nasonal» va «Kashima Antlers» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv (0:3) bosh hakami vengriyalik Viktor Kashshai videoassistent xizmatidan foydalandi va jarima maydonchasi ichida qoida buzilgan-buzilmaganini aniqladi.

Arbitr vaziyatni ko‘rib chiqqach penalti belgiladi va 11 metrlik nuqtadan Syoma Doi gol urib hisobni ochdi.

Mavzuga oid
Top