18:03 / 14.12.2016
24710

Erdo‘g‘an Turkiyaga mamlakat tarixidagi eng katta hujum haqida ma'lum qildi

Turkiya prezidenti Rejyep Toyyib Erdo‘g‘an mamlakat tarixidagi eng yirik hujum haqida ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bergan.

Turk yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, uning mamlakati terrorchilik guruhlari tomonidan juda katta xavfga duch kelmoqda va bunga tegishli ravishda javob berishiga to‘g‘ri kelmoqda. Erdo‘g‘an bunday bayonot bilan mahalliy ma'muriyatlar rahbarlari bilan uchrashuvda chiqqan. Uning aytishicha, Turkiyaga eng katta xavf IShID va Kurdiston ishchi partiyasi jangarilaridan kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Istanbul markazidagi Beshiktosh tumanida joylashgan Vodafone Arena stadioni yaqinida 10 dekabr kuni portlash ro‘y berdi. Terrorchilarning maqsadi ichida politsiyachilar bo‘lgan avtobus edi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 44 kishi halok bo‘lib, 155 nafar inson jarohat olgan. Terakt uchun javobgarlikni “Kurdiston ozodligi qirg‘iylari” guruhi o‘z zimmasiga oldi.

Mavzuga oid
Top