15:55 / 14.12.2016
15110

Google xizmatida eng ko‘p qidirilgan mashhur aktyorlar aniqlandi

Foto: Pexels.com

Amerikaning Google korporatsiyasi internet foydalanuvchilari tomonidan 2016 yilda eng ko‘p qidirilgan taniqli shaxslar ro‘yxatini tuzib chiqdi. ET Online xabar qilishicha, aktyorlar ro‘yxatiga Bred Pitt yetakchilik qilgan bo‘lsa, ayol aktrisalar bo‘yicha reytingni shahzoda Harrining dugonasi Megan Markl boshqarmoqda. 

Foto: thedailybeast.com
Foto: hubmesh.com

Ta'kidlanishicha, Pittning sobiq rafiqasi Anjyelina Joli ilk o‘nlikka ham kiritilmagan. 

Eng mashhur musiqiy ijrochi sifatida Beyonse tan olingan, uning «Formation» nomli qo‘shig‘i bu borada yetakchi bo‘lgan. 

Shu bilan birga, Google foydalanuvchilari 2016 yilda Kim Kardashyan selfisini eng ko‘p qidirgani ma'lum qilingan.

 

Mavzuga oid
Top