11:11 / 14.12.2016
7165

LG SUPER UHD televizorlari - orzuni haqiqatga aylantiruvchi kvant texnologiyalari

Foto: LG

Zamonaviy ilmiy taraqqiyot inson imkoniyatlarini misli ko‘rilmagan darajaga olib chiqdi. Biomolekulyar tuzilmalar, lazer terapiyasi, nanotexnologiyalar, insonni dunyoni anglash uchun yaqinlashtiruvchi har bir qadam, hayotimizning sifat darajasini yaxshilaydi. Bu taraqqiyot televizion panellar ishlab chiqarish sohasida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
LG kompaniyasi rang yetkazib berish va tasvir imkoniyatlari bo‘yicha mukammal, IPS 4K kvant displeyli, reallik bilan raqobat qila oluvchi SUPER UHD televizorlarini yaratdi. 

Nima uchun bugungi kunning eng mukammal tasviri 
LG SUPER UHD televizorlarida ekanligini tushunish uchun kvant texnologiyalari haqida tasavvurga ega bo‘lishimiz  kerak. Oddiy til bilan aytganda, bu energiya yoki zaryadni eng mayda zarra yordamida uzatishdir, ya'ni Sizning televizoringizdagi tasvir va  ranglar ustida ko‘p millionli kichik elektronlar armiyasi mehnat qiladi: rang, yorqinlik, tasvir kontrastligi uchun javob beradi. Bunga ishonish va tasavvur qilish qiyin, lekin inson ongi kvant texnologiyalarini o‘ziga bo‘ysundirdi. 

Bugungi kunda IPS 4K Quantum va ColorPrime Plus innovatsion texnologiyalarini haqli ravishda LED televizorlar ishlab chiqarishdagi so‘nggi so‘z deyish mumkin. LG SUPER UHD modellari uchun ranglar xilma-xilligi va tasvir yorqinligini uzatishda hech qanday chegara yo‘q. Son-sanoqsiz kvant armiyalarining har biri o‘ziga yuklatilgan vazifalarga qarab farqlanadi, ya'ni ushbu mitti kristallarning hech biri takrorlanmaydi! 

Foto: LG

Maxsus algoritm bu poyonsiz orkestrni bir butun bo‘lib harakatlanishga majbur qilib, tartibga soladi. Bu texnologiya milliardlab ranglarni o‘zida jamlagan, misli ko‘rilmagan chuqur va aniq tasvirni yetkazishga imkon beradi. LG kompaniyasining IPS 4K Quantum displeyli SUPER UHD televizorlari tasviri shu qadar mukammalki, uni atrofingizni o‘rab turgan reallik bilan adashtirib yuborishingiz hech gap emas. 

LG’ning SUPER UHD televizorlarida keng qamrovli yangi rang filtrlari qo‘llaniladi. Uning ekranida tavsirni buzib ko‘rsatuvchi hech qanday kamchiliklar yo‘q. Bu modellar dizayni bir butun ekranni hosil qiluvchi ultrayupqa korpusi bilan ajralib turadi. Televizor ko‘rish vaqtida o‘ta yupqa ramka ekran va reallik o‘rtasidagi chegaralarni yo‘q qilib, deyarli ko‘rinmaydi. Bunga yana Full HD formatini to‘rt karra ko‘taradigan yuqori aniqlikdagi 4K, tasvir sifatini yaxshilash maqsadida ishlab chiqilgan Color Prime Plus va ULTRA Luminance texnologiyalarini qo‘shsak, zamonaviy televizorning mukammal formulasiga ega bo‘lamiz. 

LG televizorlari Koreyada ishlab chiqarilgan.

LG internetda: 

Facebook
Instagram
LGblog.uz
Mover.uz

Reklama huquqi asosida

Top