08:35 / 14.12.2016
10695

Obama maxsus vakili Suriya va Iroqdagi jangarilar soni haqida ma'lumot berdi

Foto: © AFP 2016/ Ahmad Al-Rubaye

IShIDning Suriya va Iroqdagi jangarilari soni 12-15 ming kishigacha qisqardi, deb aytdi AQSh prezidenti Barak Obamaning IShIDga qarshi koalitsiyadagi maxsus vakili Brett Makgerk.

"Jangarilar soni butun vaqt davomida minimum miqdorgacha kamaydi va 12-15 ming kishini tashkil qilmoqda", deb aytdi Makgerk matbuot-anjumanda. 

Uning aytishicha, Suriya-Turkiya chegarasi yopilgandan keyin xorijiy jangarilar soni ham qisqargan va "arzimagan miqdorni" tashkil qilmoqda.

Avvalroq rasmiy shaxslar IShID jangarilari sonni 30-35 mingga baholashgandi.

 

Top