Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida Prezident tomonidan bosh vazir lavozimiga taklif etilgan Abdulla Oripov nomzodi lavozimga tasdiqlandi.
Majlis tafsilotlaridan xabardor manbaning ma'lum qilishicha, Qonunchilik palatasi deputatlaridan 8 nafari, Senati a'zolaridan 3 nafari qarshi ovoz berdi, 124 nafar deputat qo‘lladi, 83 senator yoqlagan.