20:07 / 14.12.2016
11462

O‘zbekiston terma jamoasi shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

14 dekabr kuni O‘zbekiston shaxmat federatsiyasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun yaqinda Rossiya federatsiyasining Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionati yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur chempionatga dunyoning 30 ta davlatidan 500 ga yaqin shaxmatchilar ishtirok etishdi. O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari 36,5 ochko jamg‘arib, jahon chempioni, degan yuksak unvonga sazovor bo‘ldi. 2-o‘rinni Hindiston (32 ochko) va 3-o‘rinni Rossiya (31 ochko) shahmat ustalari qo‘lga kiritishdi. 

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ilk marotaba to‘liq tarkibda 31 nafar iqtidorli shaxmatchi ishtirok etdi. Chempionat standart va klassika yo‘nalishlarida o‘tkazilib, yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari jami 8 ta (3 ta oltin, 2 ta kumush va 3   ta bronza) medallarni qo‘lga kiritishdi.


 

Top