19:04 / 14.12.2016
10379

Zidan Ronaldu haqida bo‘rttirmasdan gapirdi

«Real» jamoasi bosh murabbiyi Zaynidin Zidan Krishtianu Ronaldu haqida iliq fikrlar bildirib o‘tdi.

«Boshqa bir istalgan futbolchi «Real»ga kelishi mumkin, ammo u hech qachon bu jamoada Ronaldu erishgan yutuqlarni takrorlay olmaydi.

Bu bo‘rttirib yuborish emas, rostdan ham u «Real» tarixidagi eng yaxshi futbolchi. Men shunday hisoblayman.

Uni to‘rtinchi «Oltin to‘p»i bilan tabriklayman. U bu sovringa yana bir marta ega chiqa oladi», — deya Zidanning so‘zlarini keltirgan Marca.

Mavzuga oid
Top