23:30 / 15.12.2016
6673

AQShda Tesla, Ferrari va McLaren mashinalari muammo sababli qaytarib olinmoqda

Foto: Getty Images

AQShning yo‘llarda harakat xavfsizligi milliy boshqarmasi ma'lum qilishicha, Tesla’ning barcha elektromobillari, Ferrari va McLaren sportkarlari Takata kompaniyasining xavfsizlik yostiqchalarida muammo bo‘lishi mumkinligi sababli ortga qaytarib olinmoqda.

Tesla’ning 2012 yildan boshlab chiqarilgan barcha mashinalari, AQShda sotilgan Ferrari va McLaren mashinalari va hozirda ishlab chiqarilmaydigan Lexus LFA mashinalari, Fisker Karma gibrid mashinalari va yangi avloddagi Audi R8 mashinalari va yana bir qator modellar chaqirtirib olinadi.

Ma'lum qilinishicha, Takata xavfsizlik yostiqchalari havoni purkash tizimidagi muammolar sababli yorilib ketgan holatlar qayd etilgan. Buning oqibatida haydovchilar va yo‘lovchilar shikastlangan. Oxirgi yillarda bunday holatlar oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ko‘proq odam jarohat olgan.

Butun dunyo bo‘ylab ushbu xavfsizlik yostiqchalari qo‘llangan bir necha o‘nlab modeldagi mashinalar chaqirtirib olinmoqda.

 

Mavzuga oid
Top