18:07 / 15.12.2016
19496

Galustyanning shov-shuvga sabab bo‘lgan chiqishi repetitsiyasi aks etgan video taqdim etildi

KVNning 55 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan yubiley o‘yinda rossiyalik aktyor va shoumen Mixail Galustyan Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bilan repetitsiya o‘tkazgani aks etgan video e'lon qilindi. Bu haqda Life xabar bermoqda.

Rolikdan ko‘rinib turibdiki,  Galustyan Qodirovning qarshisida turib olgancha, repetitsiya qilmoqda. Eng yakuniy hazilda Checheniston rahbari qattiq kulib yuborgan va Galustyanni olqishlagan.

Eslatib o‘tamiz, KVN o‘yinining 27 noyabr kungi translyatsiyasida taniqli shoumen Mixail Galustyan Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni parodiya qilib chiqqan edi. 

Top