15:23 / 15.12.2016
25999

Maishiy hisoblagichlarni qaysi tashkilot davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazishi ma'lum qilindi

Foto: itogi.ru

O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 5 avgustdagi 373-sonli” “O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq suv, gaz va elektr hisoblagichlarini qiyoslash vazifalari “O‘zstandart” agentligiga, uning hududiy markazlariga hamda “Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi” Davlat korxonasiga yuklatilgan.

Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston standartlashtirish metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining Qarori bilan "Maishiy iste'molchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 1 dekabrda 2736-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) iste'molchilarning maishiy elektr energiyasini hisobga olishda elektron priborlarini qiyoslashdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.

Mazkur Nizomda belgilab ko‘yilganidek, iste'molchilar tomonidan foydalanilayotgan O‘zbekiston Respublikasi o‘lchov vositalari davlat reyestriga kiritilgan hisobga olish priborlari belgilangan tartibda qiyoslashdan o‘tkazilishi shart.

Gaz hisoblagichlari esa “O‘zstandart” agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining ”Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomi” (2014 yil 30 iyul 2604-son) asosida tartibga solinadi.

Amaldagi suv, gaz va elektr hisoblagichlarining navbatdagi qiyoslash davrining tugashidan bir oy oldin ta'minotchi korxonalar tomonidan iste'molchilarga hisoblagichlarini navbatdagi qiyoslovdan o‘tkazish lozimligi haqida xabarnoma taqdim etiladi. Ushbu xabarnomani olib, Siz ta'minotchi nomiga ariza berishingiz lozim. Ta'minotchi korxona uyingizdagi hisoblagichni yechadi va dalolatnoma tuzadi.

To‘lovlar amalga oshirilganidan so‘ng hududiy elektr tarmoqlari korxonasi vakili hisoblagichni olib “O‘zstandart” agentligi tizimidagi korxonalarga topshiradi.

Gaz va suv o‘lchash priborlarini iste'molchilarning o‘zlari “O‘zstandart” agentligi tizimidagi korxonalarga topshiradi.

Shuni unutmangki! O‘zbekistonda faqat “O‘zstandart” agentligi tizimidagi korxonalargina maishiy hisoblagichlarni qat'iy belgilangan narxlarda davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish huquqiga ega. Ta'mirlash bilan bog‘liq masalalar “O‘zstandart” agentligi vakolatiga kirmaydi, o‘z navbatida, ta'mirlash korxonalari hisoblagichlarni davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish huquqiga ega emas.

Ta'minotchi korxona vakillari xonadoningizga kelganida, albatta, shaxsini tasdiqlovchi guvohnomasini talab qilishingiz yoddan chiqmasin!

Hisoblagichlarni davlat qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazish davriyligi quyidagicha:

Maishiy va sanoat elektr hisoblagichlari 4 yilda bir marta

Maishiy gaz va suv hisoblagichlari 4 yilda bir marta

Sanoat gaz va suv hisoblagichlari 2 yilda bir marta

Hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari:

Markazlar

Manzil

Telefon

AndijonSSM

Andijon sh., A. Fitrat ko‘ch. 251-a uy

(8-374) 225-16-97

BekobodSSM

Bekobod sh., Xotira ko‘ch. 116 uy

(8-370) 913-32-05

BuxoroSSM

Buxoro sh., S. Yureneva ko‘ch. 1/2 uy

(8-365) 225-14-77

JizzaxSSM

Jizzax sh., M. Xusainov ko‘ch. 20-a uy

(8-372) 226-14-72

QashqadaryoSSM

Qarshi sh., S. Usmonov ko‘ch. 6 uy

(8-375) 221-09-44

Qoraqalpog‘iston SSM

Nukus sh., Gariysizlik ko‘ch. 57 uy

(8-361) 222-74-02

Qo‘qon SSM

Qo‘qon sh., Sharof Rashidov ko‘ch. 1-a uy

(8-373) 543-11-14

Navoiy SSM

Navoiy sh.,Mahmud Tarobiy ko‘ch. 185-uy

(8-436) 224-07-51

NamanganSSM

Namangan sh., Nodira ko‘ch. 9-uy

(8-369) 223-00-42

OlmaliqSSM

Olmaliq sh.,Tinchlik ko‘ch. 2-uy

(8-370)613-82-62

SamarqandSSM

Samarqand sh., Amir Temur ko‘ch. 147-a uy

(8-366) 222-78-32

SirdaryoSSM

Guliston sh., Sharof Rashidov ko‘ch.21-uy

(8-367) 225-16-34

SurxondaryoSSM

Termiz sh., Ibn Sino ko‘ch. 41-a uy

(8-376) 227-01-89

Farg‘ona SSM

Farg‘ona sh., B.Marg‘iloniy ko‘ch.119-uy

(8-373) 244-54-50

XorazmSSM

Urganch sh., Xonqa ko‘ch. 107-a uy

(8-362) 225-62-94

ChirchiqSSM

Chirchiq sh., Mendeleyev ko‘ch. 5-a uy

(8-370) 716-58-11

MXKM DK

Toshkent sh., Farobiy ko‘ch., 333-a uy

(8-371) 150-26-14

Top