19:24 / 15.12.2016
6412

Merkel Yevropa Ittifoqi sammitining bosh mavzularini ma'lum qildi

Foto: © AFP

Bryusselda ochilayotgan Yevropa Ittifoqi sammitida migratsiya va xavfsizlik masalalari markaziy masalalar bo‘ladi, deb aytdi jurnalistlarga Yevropa Kengashi yig‘ilishiga kelgandan keyin Germaniya kansleri Angela Merkel.

"Bugun Yevropa Kengashida migratsiya masalasi, jumladan, migratsiyaga qarshi kurashda Afrika davlatlari bilan hamkorlik masalalari bilan shug‘ullanamiz. Biz Fransiya prezidenti hamda Italiya va Ispaniya bosh vazirlari bilan migratsiyaga qarshi kurashdagi hamkorlikni yana bir bor tasdiqlash va biz kontrabandachilarga qarshi kurash uchun aynan nima qilayotganimiz va nima qilmoqchiligimizni aytish uchun Nigeriya prezidenti bilan uchrashdik", deb aytdi Merkel.

Merkel shuningdek migratsiyaning ichki masalalari, jumladan chegaralarning qo‘riqlanishi, Yevropa Ittifoqi-Turkiya kelishuvi, Yevrokomissiyaning migratsion qonunchilik bo‘yicha yangi takliflari ham muhokama qilinishini qo‘shimcha qildi.

Merkelning aytishicha, kechroq YeI yetakchilari Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqish jarayoni masalasini ham muhokama qilishadi.

 

Top