10:53 / 15.12.2016
15906

Mogerini YeI va Rossiya AQShga qarshi birlashishi mumkinligini aytdi

Foto: Google image

YeI tashqi siyosat va xavfsizlik siyosati oliy komissari Federika Mogerini The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida Rossiya va YeIning AQShga qarshi turishi mumkin bo‘lgan masalalarga oydinlik kiritdi. 

«Agar har bir holat alohida o‘rganilsa, rossiyaliklar va yevropaliklar bir tomonda bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan masalalar bor va bu meni umuman hayratlantirmaydi: Eron bitimi, Yaqin sharq muammosiga barham berish hamda BMTning tutgan o‘rni», — degan Mogerini. 

U, shuningdek, Amerika yangi ma'muriyatining Eron yadro kelishuvlaridan har qanday bosh tortishi Rossiyaning jiddiy noroziligiga sabab bo‘lishi mumkinligini qayd etgan. 

 

Mavzuga oid
Top