13:31 / 15.12.2016
8932

Nazarboyev: Prezident, hukumat va parlament vakolatlarini qayta taqsimlash vaqti keldi

Foto: TASS

Qozog‘istonning rivojlanishi hokimiyat organlarining vakolatlarini qayta taqsimlash ustida o‘ylab ko‘rish vaqti kelganini ko‘rsatmoqda. Davlat rahbari Nursulton Nazarboyev respublika mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishda shunday bayonot berdi. Qozog‘iston Respublikasi 16 dekabrda o‘z mustaqilligini nishonlaydi. 

"Davlat taraqqiyotining yangi bosqichi mamlakatdagi jarayonlar uchun parlament va hukumat mas'uliyatini kuchaytirishni talab qiladi, - degan Nazarboyev. – Qozog‘iston prezidentlik boshqaruvidagi davlat bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Ammo, prezident, hukumat va parlament vakolatlarini qayta taqsimlash masalasini ko‘rib chiqadigan vaqt keldi".

"Maxsus komissiya bu masalalarni o‘rganib chiqishi va shunga doir qonunlarni, balki konstitutsiyani o‘zgartish bo‘yicha takliflarini kiritishi lozim", - deb xulosa qilgan davlat rahbari. 


 

Mavzuga oid
Top