09:17 / 15.12.2016
6770

Peruda Santa-Klaus kiyimidagi politsiyachi giyohvandxonaga bostirib kirdi

Peruda Qor bobo kabi kiyingan politsiyachi Pinto klanidan bo‘lgan hamda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslarni qo‘lga olish jarayonida ishtirok etdi. Bu haqda ABC news kanali xabar bermoqda.

Maxsus tadbir davomida to‘rt nafar jinoyatchi qo‘lga olindi. Giyohvandxona joylashgan mehmonxona xonalarida esa politsiya juda ko‘p miqdordagi kokain moddasini topgan.

Reydga javobgar bo‘lgan politsiya zobiti Xorxe Luis Anguloning jurnalistlarga ma'lum qilishicha, mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari bunday o‘ziga xos hiylalardan ko‘p bora foydalanishadi. Bu tezkor xodimlar ishini yengillashtirar ekan.


 

Top