16:58 / 16.12.2016
13677

17 dekabr Toshkentda qor yog‘ishi ehtimoli bor

Foto: Kun.uz

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 17 dekabr kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, qor yog‘adi. Kechasi 0-2, kunduzi 2-4 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 0-5, Ustyurtda kechasi 13-15, kunduzi 6-8 daraja sovuq bo‘ladi.

Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq, Navoiy viloyati shimolida kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir, qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz yomg‘ir, qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir, qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.

Top