07:36 / 16.12.2016
6865

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga ittifoqqa kirishga nomzod maqomini bermaydigan bo‘ldi

Foto: Getty Images

Yevropa Ittifoqi birlashish haqidagi kelishuv doirasida Ukrainaga ittifoqqa kirishga nomzod maqomini taqdim qilmaydi. Bu haqda YeIning Bryusseldagi sammiti yakunlariga ko‘ra berilgan bayonotda aytildi.

"Kelishuv Ukrainaga ittifoqqa kirish uchun nomzod maqomini bermaydi va kelajakda ham bunday maqomni berish bo‘yicha majburiyatlarni saqlamaydi", deb aytildi hujjatda. 

Bundan tashqari, birlashish haqida kelishuv Ukrainaga jamoaviy xavfsizlik yoki harbiy yordam berishga kafolat berishni nazarda tutmaydi.

YeI a'zolari ish izlayotgan Ukraina fuqarolarining qanday qismini ittifoqqa qo‘yishni o‘zlari belgilaydilar.

Avvalroq Yevroparlament Ukraina va Gruziyaga vizasiz tartib berish mexanizmini to‘xtatishni ma'qullagandi.

 

Top