18:24 / 16.12.2016
5473

Facebook Messenger'da Mu Day servisi ishga tushirildi

Facebook ijtimoiy tarmog‘ining rossiyalik foydalanuvchilari yangi Mu Day («Mening kunim») funksiyasini qo‘llashlari mumkin bo‘ladi. Unda tarmoq messenjeridagi muloqot matnlari o‘z-o‘zidan o‘chib ketadi. Yangi funksiya yordamida do‘stlaringiz bilan suratlar va videolarni o‘rtoqlashishingiz mumkin. Bu haqida tjournal nashri ma'lum qildi. 

My Day o‘z imkoniyatlariga ko‘ra, Instagram va Snapchat'ning xuddi shu funksiyalariga o‘xshab ketadi. Ana shunday "yo‘q bo‘lib ketuvchi" xabarlar funksiyasi ICQ messenjerida ham bor. 

Shunisi diqqatga sazovorki, My Day'da kontent bilan ishlovchi asboblar ko‘p. Xususan, surat va videoga nafaqat qo‘lda yozish mumkin, balki turli stikerlarni qo‘shish mumkin bo‘ladi. 

Manbaga ko‘ra, Messenger'ining so‘nggi versiyasini  yangilagan rossiyalik foydalanuvchilar My Day funksiyasini sinab ko‘rishlari mumkin. Ishlab chiqaruvchilar unga Prisma ilovasi va Snapchat'dagi niqoblarga o‘xshash suratlarni qayta ishlovchi funksiyaga ega kamera ham qo‘shishgan. 

Shunisi qiziqki, Facebook'ning rasmiy sahifasida My Day funksiyasi haqida hech qanday ma'lumot yo‘q. Hoynahoy, asta-sekinlik bilan barcha foydalanuvchilar ushbu funksiyani qo‘llashlari mumkin bo‘ladi. 

Facebook My Day funksiyasining test rejimini 2016 yilning sentabrida ishga tushirgan. Test sinovi Polshada boshlangan. 

Mavzuga oid
Top