8395.15 USD -6.38

9510.03 EUR -113.08

127.67 RUB -0.68

10869.2 GBP -122.52

09:21 / 16.12.2016 5630

Parijda Ederni Yevro-2016 finalida urgan goli uchun yomon kutib olishdi

Portugaliyalik futbolchining Fransiyadagi hayoti oson kechmayapti.

Payshanba kuni «PSJ» va «Lill» o‘rtasida Fransiya Ligasi Kubogining 1/8 finali doirasidagi uchrashuv o‘tkazildi va unda mezbonlar g‘alaba qozondi – 3:1.

Parijlik muxlislar tribunada turib mehmonlarning portugaliyalik hujumchisi Ederga qarshi obstruktsiya (raqibni izdan chiqarish uchun hushtakbozlik) uyushtirishdi. To‘p unga kelishi bilanoq shovqin-suron qilindi va Eder 80-daqiqada zaxiraga olindi. Portugaliyalik futbolchini Yevro-2016 finalida Fransiyaga gol urib, mezbonlarni chempionlikdan mahrum etgani uchun kechirishmayapti.

«Men muxlislarning bunday xatti-harakatlariga izoh topa olmayapman. Eder Fransiyani mag‘lub qilgan emas, u Portugaliyaga g‘alaba olib kelgan. U o‘z vataniga chempionlik keltirgan va bu faqat hurmatga loyiq», – deya «Lill» bosh murabbiyi Patrik Koloning o‘yindan keyingi so‘zlarini keltirgan maisfutebol.iol.pt.

Eder Yevropa chempionati finalida qo‘shimcha bo‘limlar vaqtida gol urib, final taqdirini hal qilgandi. U Fransiya chempionatining joriy mavsumida «Lill» safida 17 bor maydonga tushib, 3ta gol urdi.

Top