11:28 / 16.12.2016
9649

«Real» Pepe o‘rniga yangi himoyachi topdi

Foto: fichajes.net

Dortmundning «Borussiya» klubi himoyachisi Sokratis Papastatopulos «Real» qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Bu haqda Bild nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan ma'lumotlarga ko‘ra, madridliklar 28 yoshli Gretsiya terma jamoasi futbolchisining o‘yinlarini kuzatish uchun bundesligadagi ikkita uchrashuvga tashrif buyurishgan.

Bundan tashqari, «Real» YeChLning «Borussiya»ga qarshi javob uchrashuvida (2:2) futbolchi bilan aloqaga ham chiqib ko‘rgan.

Madridda 2019 yil dortmundliklar bilan shartnomasi tugaydigan Papastatopulosni Pepega o‘rinbosar sifatida ko‘rishmoqda.

Mavzuga oid
Top