16:28 / 16.12.2016
3558

Rio Ferdinand muhtoj bolalarga Rojdestvo sovg‘alari uchun 500 ming funt ajratdi

«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq himoyachisi Rio Ferdinand muhtoj bolalarga Rojdestvo sovg‘alari olib berilishi uchun 500 000 funt mablag‘ ajratdi.

The Daily Mail xabariga ko‘ra, Manchesterdagi Key 103 radiostansiyasi «Pullar bolalar uchun» nomi ostida xayriya tadbiri tashkillashtirgan va 38 yoshli Ferdinand o‘zining Rosso nomidagi restorani daromadidan 500 ming funt miqdordagi mablag‘ni ajratib, saxiylik qilgan.

«Men bir ota sifatida qaysidir bola Rojdestvo tongida sovg‘asiz bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmasdim. Key 103 ajoyib loyiha boshlabdi! Restoranim va men bu tadbirda qatnashayotganimdan xursandman, endi shahrimizdagi ko‘plab bolalar Rojdestvo kuni xursand bo‘lishadi», — degan Ferdinand.

Shuningdek, Ferdinand shahardagi uysizlar jamiyatiga 11 500ta yotoq-qoplari olib bergan.

Ma'lumot uchun, Rio o‘tgan yilning mayida rafiqasi Rebekka saratondan vafot etganidan keyin, 3 farzandini yolg‘iz tarbiyalamoqda.

Mavzuga oid
Top