00:16 / 16.12.2016
9092

Rossiya va Yaponiya yetakchilari bir-birlariga esdalik sovg‘alari tuhfa qilishdi

Foto: © RIA

Yaponiyaga tashrif bilan kelgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abedan "Pribytiye Putyatina" (Putyatinning kelishi) suratining reproduksiyasini sovg‘a sifatida oldi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda

Ma'lum qilinishicha, surat yapon uslubida bajarilgan. Putin ham o‘z navbatida Yaponiyaga "quruq qo‘l" bilan kelmadi: u Abega 1870 yilgi Tula samovari va rassom Igor 
Razjivinning "Russkaya troyka v Kolomenskom" suratini tuhfa qildi.

Putin tashrif vaqtida Nagato va Tokioga tashrif buyuradi. Uning bu tashrifiga tayyorgarchilik 2014 yildan boshlab olib borilgan. 

Yetakchilar muzokaralarning birinchi kunida Janubiy Kuril orolida birgalikda xo‘jalik yuritish haqidagi bayonnoma matnini kelishib oldilar.

Ma'lumot uchun, Yevfimiy Putyatin Yaponiya bilan do‘stlik va savdo haqidagi kelishuvni imzolagan birinchi diplomat va rus admirali hisoblanadi. Kelishuv 1855 yilda qabul qilingan.

 

Top