10:07 / 16.12.2016
10303

Toshkentda «Hilol-nashr» nashriyot-matbaasining yangi do‘koni ishga tushdi

Foto: Info.islom.uz

Toshkentda joylashgan «Shayx Zayniddin» jome' masjidi yonida «Hilol-nashr» nashriyot-matbaasining yangi savdo shoxobchasi ishga tushdi.
Bu haqda Info.islom.uz xabar bermoqda

Ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur do‘kondan «Hilol-nashr» nashriyot-matbaasining barcha mahsulotlarini – kitoblar, audio va videomahsulotlarni xarid qilishingiz mumkin. Bundan tashqari, bu yerda turli xil diniy-ma'rifiy, adabiy, ilmiy-ommabop kitoblar, gazeta-jurnallar savdosi ham yo‘lga qo‘yiladi. Ayni paytda, O‘zbekistonda din yo‘lida xizmat qilayotgan ulamolar, imom-xatiblarning juma mav'izalari va boshqa mavzulardagi mediamahsulotlar ham do‘kon peshtaxtalaridan joy olgan.

 

Top