12:20 / 16.12.2016
14185

Turk deputati: Kiyevni G‘arbga bo‘ysungani uchun vizasiz tartib bilan mukofotlashdi

Yevroparlamentning Ukraina bilan viza tartibini bekor qilishini G‘arb nazoratiga rozi bo‘lgan Kiyev uchun mukofot deb qabul qilish mumkin. Turkiya parlamentining hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasidan deputati, YeI bilan o‘zaro hamkorlik parlament komissiyasi a'zosi Jaxit Ozkan Sputnik Türkiye agentligi bilan suhbatda shunday fikrni bildirgan. 

"Yevroparlament bu qarorni qabul qilar ekan, Ukraina u yoki bu shartni bajarganiga e'tibor bermagan, balki Kiyevning G‘arb iqtisodiy, siyosiy, madaniy nazoratiga o‘tishni ma'qul ko‘rganini asos qilib olgan", — deb hisoblaydi parlamentariy. 

"Shunga qaramay, garchi YeI Ukrainaga yordam berayotgandek tasavvur uyg‘otsa-da, o‘rta va uzoq istiqbolda G‘arb Ukrainani uning siyosiy manfaatlariga xizmat qildirishga urinayotganining guvohi bo‘lamiz", — degan Ozkan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya ham iyul oyidagi davlat to‘ntarishiga urinish muvaffaqiyatli amalga oshganida vizasiz tartibni qo‘lga kiritishi mumkin edi. Biroq, Turkiya "boshqa yo‘lni tanlagan" va o‘zining suveren huquqini himoya qila oldi. Shu sababdan, unga vizasiz tartib taqdim etilmadi. Natijada, deb qo‘shimcha qilgan turk deputati, mamlakat Yevroparlamentning "do‘stona tuzilma emas"ligiga ishonch hosil qilgan.

15 dekabr kuni Yevroparlament uchinchi mamlakatlar uchun vizasiz tartibni to‘xtatish mexanizmini ma'qulladi. Bunday usulning mavjud bo‘lmagani Ukraina va Gruziyaga vizalarni bekor qilish imkonini bermayotgan edi. Yevrokomissiyadagi manbaning RIA “Novosti” agentligiga ma'lum qilishicha, YeI 2017 yil bahoridan Ukrainaga vizalarni bekor qilishi mumkin. 

 

Top