19:16 / 16.12.2016
21305

O‘zbekistonlik futbolchi doping tufayli 1 yilga diskvalifikatsiya qilindi

Joriy yil kuzida Hindistonda bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi safida ishtirok etgan Abdulhay Ismoilovdan olingan doping ijobiy natija bergan.

OFK futbolchini bir yilga diskvalifikatsiya qilgan.

Ismoilov o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 2 o‘yinda (KXDR va Iroq) maydonga tushgandi.

Endi bu futbolchi 2016 yilning 3 noyabridan 2017 yilning 2 noyabrigacha maydonga tushmaydi. OFK barcha jazolanganlar ro‘yxatini o‘z saytida e'lon qilgan.

Asli namanganlik bu futbolchi Namangan BO‘SM-17 tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, "Bunyodkor" jamoasida hujumchi ampulasida harakat qiladi.

Mavzuga oid
Top