20:45 / 17.12.2016
5211

Afg‘onistonda IShIDning 16 jangarisi yo‘q qilindi

Foto: © RIA

Afg‘onistonning Nangarxor viloyatida AQSh harbiy-havo kuchlari droni aviazarbasi natijasida IShIDning kamida 16 jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda Hama Press axborot agentligi ma'lum qildi

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, operatsiya davomida jangarilarga tegishli bo‘lgan qurol-aslaha, o‘q-dori va portlovchi moddalar yo‘q qilingan.  

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, oxirgi vaqtda jangarilarning Afg‘onistonning sharqiy va janubiy viloyatlari – Logar, Nangarxor, Gilmand va shimoliy viloyatlari – Qunduz, Jauzjon va Parvonada ancha mustahkamlanib olgani kuzatilmoqda. Shu bilan birga "Tolibon" harakatining borgan sari ko‘proq dala qo‘mondonlari va jangarilari IShIDga sodiqlikka qasamyod keltirishmoqda. 

 

Top