8395.15 USD -6.38

9510.03 EUR -113.08

127.67 RUB -0.68

10869.2 GBP -122.52

14:03 / 17.12.2016 22302

AQSh yangi ma'muriyatidagi millioner va milliarderlar

Foto: Reuters

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp mamlakat tarixidagi eng badavlat ma'muriyatni shakllantirdi. Unga bir necha milliarderlar ham kirgan.

"Anadolu" agentligining aniqlashicha, prezident jamoasining umumiy boyligi deyarli 20 milliard dollarga teng. Trampning shaxsan o‘zi esa 4,5 milliard dollarga egalik qiladi. 

Forbes ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh yangi ma'muriyatidagi eng badavlat inson deb – savdo vazirining bo‘lajak o‘rinbosari Todd Riketts hisoblanadi. Chicago Cubs beysbol klubiga egalik qiluvchi bu shaxsning oilasi 5,3 milliard dollarga ega. 

Undan so‘ng oilasi 5,1 milliard dollarga ega bo‘lgan Betsi Devos bormoqda. U ta'lim vaziri etib tayinlanishi mumkin. 

Tramp tomonidan savdo vaziri lavozimiga nomzodi ko‘rsatilgan Uilbur Ross esa 2,9 milliard dollarga ega.

AQSh bo‘lajak ma'muriyatidagi milliarderlar ro‘yxatining eng oxirida Linda MakMexon qayd etildi. U 1,16 milliard dollarga egalik qiladi. 

Tramp tomonidan tashqi siyosatga javobgar shaxs sifatida tanishtirilgan Exxon Mobile ijrochi direktori Reks Tillerson 300 million dollarga ega bo‘lsa, Milliy iqtisodiy kengash rahbari lavozimiga nomzodi ko‘rsatilgan Goldman Sachs prezidenti va boshqaruvchi direktori Gari Konda 266 million dollar bor. 

Shuningdek, ro‘yxatdan Stiven Mnuchin (bo‘lajak moliya vaziri – 46 mln dollar), Endryu Pazder (mehnat vaziri – 43 mln), Ben Karson (uy-joy qurilishi va shahar rivojlanishi vaziri – 26 mln), Eleyn Chao (transport vaziri - 22,8 mln), Tom Prays (sog‘liqni saqlash vaziri - 13,6 mln), Stiven Bennon (strategik masalalar bo‘yicha bosh maslahatchi – 10 mln), Jyeff Seshns (adliya vaziri – 7,5 mln) va Rik Perri (bo‘lajak energetika vaziri – uch million dollar) ham joy oldi.

Foto: Aa.com.tr
Top