15:41 / 17.12.2016
14386

Xitoyda yirik moliyaviy piramida faoliyatiga chek qo‘yildi

Foto: Reuters

Xitoy huquqni muhofaza qilish organlari Tszyansi viloyatida yirik moliyaviy piramida faoliyatiga chek qo‘yishdi. Uning tashkilotchilari 200 mingdan ortiq kishini 14,3 million dollarga chuv tushirishgan.

Xitoy Xalqaro radiosining xabar berishicha, “Yunshumao” moliyaviy piramidasining faoliyati Xitoy jamoat xavfsizligi vazirligi tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Moliyaviy piramida tashkil etish ishi bo‘yicha yetti kishi qo‘lga olingan.

Piramida ishtirokchilariga maxsus tashkil etilgan tashkilotning aksiyalarini olish uchun pul to‘lash taklif etilgan. Shundan so‘ng har bir kishi olingan elektron mablag‘lar yordamida ro‘yxatdan o‘tib, tashkilot a'zosiga aylanishi mumkin bo‘lgan. U sxemaga yana ikki nafar insonni olib kelganida esa qo‘shimcha elektron pullarni qo‘lga kiritgan.

Tashkilotchilar piramidaga ko‘proq kishilarni jalb etish uchun Xitoyning turli hududlarida maxsus tadbirlar ham o‘tkazishgani aytilmoqda.

Top