17:21 / 17.12.2016
5016

Qozog‘iston Suriya bo‘yicha muzokaralar uchun mezbonlik qilishga tayyorligini bildirdi

Foto: liter.kz

Qozog‘iston TIV Suriya hukumati va qurolli muxolifat o‘rtasidagi muzokaralar uchun mezbonlik qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyorligini ma'lum qildi. Agar shunday taklif kelib tushsa, mamlakat uni o‘rganib chiqadi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.

«Agar Suriya kelajagi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga kelishilsa va Qozog‘istonga ushbu uchrashuvni qabul qilish taklifi bildirilsa, ... biz masalani diqqat bilan o‘rganib chiqamiz va o‘z vaqtida qarashimizni bildiramiz», —deyiladi Qozog‘iston TIV xabarida. 

Vazirlik vakillari, shuningdek, «Qozog‘iston avval boshdanoq Suriya mojarosiga tinch yo‘l bilan barham berish tarafdori» ekaniga urg‘u berishgan.

Mavzuga oid
Top