23:17 / 17.12.2016
6277

La-Liga. «Atletiko» qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi

Foto: Twitter/Atleti

Ispaniya chempionatining 16-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuvda Madridning «Atletiko» klubi o‘z uyida «Las-Palmas»ni qabul qilib katta qiyinchiliklarga uchradi.

Jamoa yetakchisi Antuann Grizmann bir necha turlardan buyon gol ura olmay kelmoqda. Bu safar ham fransuz futbolchisi bu ishni uddalay olmadi. Madridliklarni qutqaruvchi golga esa Saul mualliflik qildi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Atletiko» hisobidagi ochkolar soni 28taga yetdi va ular 5-o‘ringa ko‘tarilib olishdi. «Las-Palmas» esa 21 ochko bilan 10-pog‘onani band etib turibdi.

Ispaniya la-Ligasi, 16-tur

Atletiko – Las-Palmas 1:0 (0:0)
Gol:
Saul (59).
Atletiko: Moyya, Savich, Lyuka Ernandes, Vrsalko, Godin, Koke, Gabi, Ferreyra Karrasko (Torres, 77), Saul, Grizmann (Parti, 90), Gameyro (Gaytan, 84).
Las-Palmas: Varas, Lemos, Elder Lopesh (Kastelyano, 84), Masedo, Bigas, Viyera, Gomes (Dominges, 83), El-Jar (Momo, 86), Mesa, Livaya, Montoro.
Ogohlantirishlar: Saul (43), Mesa (56), Ferreyra Karrasko (73).

Top