14:48 / 18.12.2016
6115

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati. Bronza uchun bahsda «Atletiko Nasonal» «Amerika»ni yengdi

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida uchinchi o‘rin uchun bahs Kolumbiyaning «Atletiko Nasonal» va Meksikaning «Amerika» jamoalari o‘rtasida kechdi. Ushbu uchrashuvda g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi.

Iokagamada bo‘lib o‘tgan bahsning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlari 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 11 metrli jarima zarbalarini amalga oshirishda «Atletiko Nasonal» klubi futbolchilari aniqroq harakat qilishdi.

O‘yinning asosiy vaqtida, 6-daqiqada meksikaliklar himoyachisi Migel Samudio o‘z darvozasini ishg‘ol etib, hisobni ochgandi. «Atletiko Nasonal» hujumchisi Alexandro Gerra 26-daqiqadagi goli bilan hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Maykl Arroyo (38) va Oribe Peralta  (66) javob gollari muallifi bo‘ldi.

Amerika – Atletiko Nasonal
Gollar: 0:1 – 6, avtogol Samudio, 0:2 – 26 Gerra, 1:2 – 38 Arroyo, 2:2 – 66, penalti Peralta.
Amerika – Munos, Pimentel, Pablo Agilyar, Samudio, Alvarado (Kintero, 46), Arroyo, Gerrero, Sambuesa (Martines, 70), Villiam, Valdes, Romero (Peralta, 59).
Atletiko Nasonal –    Armani, Agilyar, Dias, Bokanegra, Enrikes, Gerra (Borxa, 78), Aryas, Torres, Uribe (Neto, 70), Moskera, Berrio (Rodriges, 89).
Penaltilar seriyasi
1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 3:4.
Ogohlantirishlar: Pablo Agilyar (57), Dias (65), Pimentel (67), Neto (77), Enrikes (79), Berrio (82).

Top