12:11 / 18.12.2016
9709

Qozog‘iston janubida 5 balli zilzila sodir bo‘ldi

Qozog‘iston janubida 5 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda Qozog‘iston Fan va ta'lim vazirligi qoshidagi Seysmologik ilmiy-amaliy ekspeditsiya qo‘mitasi ma'lum qildi.

«Zilzila epimarkazi Olmaota shahridan 138 km shimoli g‘arbda joylashgan», — deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, zilzila o‘chog‘i 15 km chuqurlikda bo‘lgan.

Hozirda hodisa talofatlari haqida aniq ma'lumotlar yo‘q.

Top