22:54 / 18.12.2016
5050

Mo‘suldagi operatsiya sabab 100 mingdan ortiq iroqlik o‘z uyini tark etdi

Foto: Reuters

Mo‘sulni IShID jangarilaridan ozod qilish operatsiyasi boshlanganidan keyin 100 mingdan ortiq iroqlik o‘z uyini tark etishiga to‘g‘ri keldi. Bu haqida Migratsiya xalqaro tashkiloti bayonotiga asoslanib, AFP xabar berdi

"Bugungi kunga kelib, 103 872 nafar kishi boshqa joyga ko‘chirildi, bularning aksariyati Naynava provinsiyasidan bo‘lib, Mo‘sul mazkur provinsiya markazi hisoblanadi", - deyiladi tashkilot xabarida. 

13 dekabr kuni operatsiya davomida 93,5 ming kishi o‘z uyini tark etgani haqida ma'lum qilingan edi. 

Iroqning kattaligi bo‘yicha ikkinchi shahri bo‘lgan Mo‘sul IShID terrorchi tashkilotining nazorati ostidadir. Mo‘sulni ozod qilish operatsiyasiga 17 oktabrda start berildi. Operatsiya Iroq Harbiy havo kuchlari va AQSh koalitsiyasi aviatsiyasining qo‘llab-quvvatlashi ostida o‘tkazilmoqda. 

 

Top