00:55 / 18.12.2016
7494

Zimbabvening 92 yoshli prezidenti nomzodi yangi prezidentlik muddatiga qo‘yildi

Foto: AP

Zimbabve hukmron partiyasi mamlakatning 92 yoshli prezidenti Robert Mugabening nomzodini 2018 yilda o‘tadigan prezidentlik saylovlariga qo‘ydi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

Ta'kidlanishicha, Mugabe bu Afrika davlatini 1980 yildan beri boshqarib kelmoqda.

Mugabe nomzodi bo‘yicha ovoz berish oldidan partiyadoshlarini uning vorisi nomzodi uchun kurashni to‘xtatishga chaqirdi. 

"Biz mavjud kelishmovchiliklar haqida bilamiz va ularni bas qilishga kelishib oldik", deb aytgan Mugabe.

Sentyabrda Mugabe o‘ziga qo‘yilgan haykalni ochib bergandi. 

 

Mavzuga oid
Top