21:02 / 19.12.2016
6508

Halabdan ota-onasiz qolgan 47 bola evakuatsiya qilindi

Foto: Sputnik/ Nour Melhem

Halabdan ota-onasiz qolgan 47 bola 19 dekabrda evakuatsiya qilindi. Bu bolalar to‘g‘risidagi lavhalar ijtimoiy tarmoqlar va G‘arb OAVda keng tarqalgandi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligiga Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Suriyadagi vakili Elizabet Xoff ma'lum qildi. 

Avvalroq YUNISEF Halabning sharqidagi anonim shifokorga iqtibos keltirgan holda o‘nlab bolalar Halabning sharqidagi yirik hujum ketayotgan dahalardan birida qolib ketganini ma'lum qilgan. YUNISEFda bu ma'lumotni bergan shifokorning nomi aytilmagan. Shuningdek, bolalar joylashgan binoning o‘rni va ular qanday qilib u yerga tushib qolganlari ham ma'lum qilinmagan. Ijtimoiy tarmoq va G‘arb OAVda turli yoshdagi bolalar videolavhalari tarqalgandi. Videodan ular bolalar uyiga mo‘ljallab jihozlangan xonada ekanliklarini ko‘rish mumkin bo‘lgan.

"Biz evakuatsiya muammosiz o‘tayotganini bilamiz. Butun dunyo gapirgan 47 bola Idlibga evakuatsiya qilindi", deb aytgan Xoff.

Xoff odamlarning Halabdan evakuatsiya qilinishi Fua va Kafrayi aholi punktlaridan kelayotgan bir necha avtobus yoqib yuborilgandan keyin ushlanib qolganini ta'kidlab o‘tgan. Halabga Idlib, Fua va Kafrayidan 5 ta avtobus kelgan. Xoffning aytishicha, evakuatsiya jarayoniga Suriyaning Qizil yarimoy jamiyati javob beradi, BMT esa operatsiyani monitoring qilishda ishtirok etmoqda.

YUNISEFning mintaqaviy direktori Gert Kappelerning aytishicha, Halabdan evakuatsiya qilingan bolalardan ba'zilari jarohat olganlari va suvsizlanganlari tufayli yomon ahvolda bo‘lganlar. Uning aytishicha, bolalar tashkiloti evakuatsiya qilingan bolalar va ularning oilalariga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatgan va qishki kiyim-kechak tarqatgan. 

Top