04:11 / 19.12.2016
6178

Arsen Venger: Raqib 2ta golni ham ofsayddan kiritganda, mag‘lubiyatni qabul qilish qiyin

Foto: Getty Images

"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger APLning 17-turidagi "Manchester Siti"ga qarshi kechgan o‘yin haqida o‘z fikrini bildirdi. Uchrashuvda Martin Atkinson bosh hakamlik qildi. 

"Mening hafsalam pir bo‘ldi. Raqib 2ta golni ham o‘yindan tashqari holatda ursa, mag‘lubiyatni qabul qilish qiyin. Men nima ham qila olardim? Men bu bilan yashashga majburman, biroq hakamlar bizning foydamizga xatolarni kamroq qilishadi. Ular professionallar, shunday ekan biz o‘z xatolarimiz haqida o‘ylashimiz kerak", – dedi Venger. 

Ma'lumot uchun, "Arsenal" safarda "Manchester Siti"ga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. 

Top