12:55 / 19.12.2016
13874

Assalomu alaykum, O‘zbekiston! Bugun 19 dekabr!

19 dekabr—joriy taqvim bo‘yicha 2016 yilning 353-kuni.
Xalqaro nochorlarga yordam berish kuni 

Voqealar:
1994 yil
— Toshkentda O‘zbekiston Respublikasining BMT Xalqaro bolalar jamg‘armasi YUNISEFga a'zo bo‘lib kirishini nazarda tutuvchi Bitim imzolandi.  
1991 yil — O‘zbekiston Respublikasining  “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi hamda “Ijara to‘g‘risida”gi Qonunlari e'lon qilindi.
2002 yil — Ukraina Respublikasi sobiq Prezidenti Leonid Kuchma rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. 
1997 yil — Jyeyms Kemeronning mashhur “Titanik” filmi ilk bor katta ekranlarga chiqdi.
2001 yil — Butun dunyo bo‘ylab "Uzuklar hukmdori" filmining premerasi boshlandi.

Ushbu sanada tug‘ilganlar:

1987 yil — fransiyalik futbolchi, "Real Madrid" hujumchisi Karim Benzema. 
1988 yil — taniqli chililik futbolchi, Londonning “Arsenal” klubi a'zosi Aleksis Sanches.

O‘tgan haftada sodir bo‘lgan O‘zbekiston, jahon va qiziqarli xabarlarni ham o‘qishni unutmang!

Top