18:32 / 19.12.2016
6033

Ilhom Mo‘minjonov «Navbahor» bilan 2 yillik shartnoma tuzdi

Foto: Championat.asia

Namanganning «Navbahor» klubi vaqtinchalik murabbiy vazifasini bajarib kelgan Ilhom Mo‘minjonov bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda Sports.uz xabar qilgan.

Mo‘minjonov ortda qolgan mavsum oxirlarida Namanganga kelgandi.

Ilhom Mo‘minjonov «Navbahor»ga Odil Ahmedovning taklifiga binoan kelgani haqida aytgandi. U o‘tish  o‘yinida «Norin»ni mag‘lub etib jamoani Oliy Ligada olib qolishga erishdi.

Mavzuga oid
Top